"Manchester Yunayted" hujumchisi "Napoli" sharafini himoya qiladi

  • 30.08.2025 17:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Napoli" va "Manchester Yunayted" klublari hujumchi Rasmus Xoylundning ijara asosida Italiya klubiga o‘tishi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Italiyaning amaldagi chempioni daniyalik hujumchini 6 mln evroga ijaraga olmoqda. Bitim ma’lum shartlar bajarilganda majburiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan forvardni 44 million evroga sotib olish imkoniyatini nazarda tutadi.

Xoylund "Manchester Yunayted" safida 2023 yilning avgustidan buyon to‘p surib kelmoqda. Bu vaqt ichida hujumchi barcha musobaqalarda 95 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 35 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!