"Manchester Yunayted" futbolchisi APLda tengsiz! (FOTO)
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya premer ligasining fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
25 yoshli futbolchi APLning fevral oyidagi 3 ta bahsida maydonga tushib, bitta gol urdi va yana 2ta golga hammualliflik qildi.
Portugaliyalik futbolchidan tashqari, sovringa "Chelsi" himoyachisi Markos Alonso, "Arsenal" hujumchisi Per Emerik Obameyang, "Everton" forvardi Dominik Kalvert Lyuin, "Vulverxempton" himoyachisi Mett Doerti va "Byornli" darvozaboni Nik Poup da’vogarlik qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida mukofotga "Manchester Siti" forvardi Serxio Aguero loyiq ko‘rilgandi.

Fikrlar