“Manchester Yunayted” Kavani o‘rniga yangi hujumchi topdi

  • 11 noyabr, 2020, 21:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Erkin agent sifatida kelgan Edinson Kavani bilan 1+1 ko‘rinishida hamkorlik shartnomasini imzolagan “Manchester Yunayted” qishki transferlar vaqtida yangi hujumchi olishga qaror qildi. Olinadigan futbolchi jamoada urugvaylik hujumchi o‘rnini egallaydi.

Tecno

Ayni paytda, Sulsher jamoasi markaziy hujumchi roliga “Valensiya” forvardi Maksi Gomesni olishni rejalashtiryapti. Bu hujumchining shartnomasida badal puli 140 million evro qilib belgilangan.

Gomes ham Kavanining hamyurti hisoblanadi. 24 yoshli to‘purarga “Manchester Yunayted” 50 million evro atrofida xarajat qilishni rejalashtiryapti. “Valensiya” ham moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish uchun etakchilarini sotishga majbur bo‘lmoqda.

Kavanining keyingi klubi ma’lum bo‘ldi

Ana xolos! Kavani qishda MYudan ketadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!