“Manchester Yunayted” ko‘p gol uradigan hujumchi olyapti

  • 3 iyul, 2021, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida “Everton” hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuinni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Ayni paytda Ule-Gunnar Sulsher ko‘p gol uradigan markaziy hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Bu borada manchesterliklarga Dominik Kelvert-Lyuin nomzodi ma’qul kelyapti.

24 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda bor mahoratini namoyish eta oldi. U “Everton” tarkibida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Agar angliyalik hujumchi “Manchester Yunayted” taklifini qabul qilsa, hujum markazida Edinson Kavani bilan birga o‘ynaydi. Antoni Marsyal va Markus Reshford qanot hujumlariga jalb qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!