"Manchester Yunayted" La Liga klubini ishonchli hisobda engdi (video)

  • 16.04.2021 04:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Bugun Evropa ligasi chorak final javob bahsi doirasida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Granada”ga qarshi maydonga tushdi.

“Old Trafford”dagi bellashuv 2:0 hisobida “qizil iblislar”ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni gollarni Edinson Kavani (6') va Xesus Valexo (90' avtogol) kiritdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, MYu musobaqaning yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!