"Manchester Yunayted" maydon markazini kuchaytira oladigan futbolchi topdi

  • 01.11.2025 20:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Nottingem Forest"ning 22 yoshli xavbeki Elliot Anderson APLning boshqa bir vakili - "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari xabar bermoqda.

"Qizil iblislar" futbolchini qishki transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. "O‘rmonchilar" esa yarim himoyachini 80 million evroga baholamoqda. Elliot "Nottingem Forest" bilan 2029 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan mehnat shartnomasi bilan bog‘langan.

2025/2026 yilgi mavsumda Anderson 12 ta o‘yinda ishtirok etgan. Yarim himoyachi bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 45 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!