"Manchester Yunayted" Ole-Gunnar Sulsher borasida bir qarorga keldi

  • 21 noyabr, 2021, 12:02
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Manchester Yunayted» rahbariyati bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsherning kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Tecno

Klub boshliqlari favqulodda yig‘ilishda norvegiyalikni ishdan bo‘shatishga qaror qilishdi, deb xabar bermoqda The Times.

MYu boshqaruvchi direktori Richard Arnoldga mutaxassis bilan shartnomani bekor qilish shartlarini kelishib olish topshirildi.

Bu ma’lumotni insayder Fabritsio Romano ham tasdiqladi. Unga ko‘ra, Sulsherning ishdan bo‘shatilishi qaror jamoa xo‘jayini Joel Gleyzer tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng e’lon qilinadi.

"Uotford"dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan (1:4) "Manchester Yunayted" 17 ochko bilan APL turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!