“Manchester Yunayted” o‘yinchi tanlaydigan mutaxassisdan voz kechdi

  • 20 aprel, 2022, 20:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati klubning bosh skauti Jim Louler bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano klub ichidagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mavsum oxirida Lourlerning o‘z lavozimidan ketishi klubda yangi o‘zgarishlar jarayoni boshlanishidan dalolat bermoqda. Yaqinda bosh murabbiy Ralf Rangnik “Manchester Yunayted”da katta islohotlar bo‘lishini ta’kidlagan edi.

Jim Louler “Manchester Yunayted” bosh skauti lavozimida 16 yildan beri ishlab kelayotgandi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!