"Manchester Yunayted" o‘z yulduzi uchun ko‘proq pul hohlamoqda

  • 6 may, 15:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho hali hamon "Chelsi" ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. 

Tecno

"Qizil iblislar" argentinalik yulduz uchun 65 million evro talab qilmoqda. "Chelsi" qishki transferlar oynasining o‘zidayoq Garnachoni sotib olishi mumkin edi, lekin klublar o‘zaro kelisha olmadi. Garnacho Entso Mareskaning g‘oyalariga ishonadi va o‘z kelajagini "Stemford Bridj"da ko‘rmoqda. Biroq, manchesterliklar bosh murabbiyi Ruben Amorim ziddiyat yuz berganiga qaramay, Garnachoni klub g‘oyalariga kiritgan va muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushirmoqda.  Futbolchining mankunyaliklar bilan shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan va klub uni arzonga qo‘yib yubormoqchi emas. 

Bundan tashqari, vingerga "Napoli" klubi ham qishki transferlar oynasida jiddiy qiziqish bildirgan edi. Ammo futbolchi va klub shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelisha olmadi va transfer amalga oshmadi. Shunga qaramay, klub hali futbolchidan umidini uzmagan va yozda yana bir bor uni qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi. 

Ma’lumot o‘rnida, Garnacho ushbu mavsumda jami 54 o‘yinda maydonga tushib, 11 gol va 10 assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Ayni paytda futbolchining Transfermarkt portalidagi narxi 45 million evroni tashkil etmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!