"Manchester Yunayted" o‘z yulduzini olib qolmoqchi

  • 11 dekabr, 2021, 17:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" o‘z etakchisi Pol Pogbani o‘z tarkibida olib qolmoqchi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, klub frantsiyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif etishni istamoqda. Tomonlar iyul oyida muzokaralar stoliga o‘tirishi kutilyapti.

O‘z navbatida, 28 yoshli yarim himoyachi o‘z kelajagi borasida hali aniq qaror qabul qilib ulgurmadi. Yozda uning shartnomasi yakuniga etadi. 

Avvalroq, MYu bosh murabbiyiga aylangan Ralf Rangnik Pogba haqida: "Manchester Yunayted"da o‘ynagni xohlamaydigan odamni ishontirishdan ma’no yo‘q",-deya fikr bildirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!