"Manchester Yunayted" Pogbaga o‘rinbosar topdi

  • 3 may, 2019, 13:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Lester" safida ijara asosida o‘tkazayotgan "Monako" yarim himoyachisi Yuri Tilemans "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

The Sun nashrining yozishicha “qizil iblislar” 21 yoshli belgiyalik futbolchini yozda “Real”ga o‘tishi aytilayotgan Pol Pogbaning o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.

O‘z navbatida bundan avvalroq “Lester” ham Tilemansning transfer huquqini  monakoliklardan 46 million evro evaziga sotib olishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Tilemans joriy mavsum APLda 11ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!