“Manchester Yunayted” Qatarda gol urgan futbolchini oladi

  • 2 dekabr, 2022, 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” skautlari Qatardagi jahon chempionatida to‘p tepayotgan futbolchilarni kuzatib bormoqda.

Sky Germany nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklarga Ekvador terma jamoasi yarim himoyachisi Moyses Kaysedoning o‘yini ma’qul kelgan. 21 yoshli futbolchi Qatarda uchta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Kaysedo klublar miqyosida “Brayton” sharafini himoya qilayotgani bois, “Manchester Yunayted” mutasaddilari uning imkoniyatini yaxshi biladi.

Transfermarkt portali Moyses Kaysedoni 38 million evroga baholagan. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!