
“Manchester Yunayted” Rangnik o‘rnini egallaydigan murabbiy topdi
“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoani vaqtinchalik boshqarayotgan Ralf Rangnik o‘rnini qaysi mutaxassis egallashi borasida bir qarorga keldi. Ko‘pchilik kutganidek bu PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino emas.
Mavsum oxirida germaniyalik mutaxassis jamoani “Ayaks”ni muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Erik ten Xagga topshirishi kerak bo‘ladi.
Avvalroq, Rangnikning o‘zi Angliyadagi faoliyatini bosh murabbiy sifatida jdavom ettirish niyati borligini aytgandi. Biroq, “Manchester Yunayted” futbolchilarining aksariyati undan norozi bo‘layotgani bunga yo‘l qo‘ymaydi.
Jamoani Erik ten Xag qabul qilib olganidan keyin Ralf Rangnik klub strukturasida maslahatchi lavozimida ishlashi taklif etiladi.
Fikrlar