“Manchester Yunayted” Ronaldu sabab yana bir transferni ko‘zladi

  • 07.09.2021 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” rahbariyati Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan do‘stona aloqalaridan foydalanib, uning yana bir mijozini  o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Ule-Gunnar Sulsher maydon markazini yanada kuchaytirish maqsadida qishki  tansferlar vaqtida “Vulverxempton”dan Ruben Neveshni sotib olmoqchi.

“Bo‘rilar” portugaliyalik futbolchini 40 million funtga baholagan.

Manchesterliklar  Neveshni jamoasini almashtirishga ko‘ndirish uchun Mendesh, Ronaldu va Brunu Fernandesh yordamidan foydalanmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!