
"Manchester Yunayted" Shou bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati himoyachi Lyuk Shou bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” 26 yoshli futbolchiga uzoq yillik shartnoma taklif qilishmmoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma esa 2023 yilga qadar tuzilgan.
Lyuk Shou "Manchester Yunayted" safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 1 ta goliga assistentlik qildi.
Shou 2014 yildan buyon Angliya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U terma jamoa safida 16 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan.
Fikrlar