"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisini qaytarmoqchi

  • 24 noyabr, 2022, 16:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" qishki transfer vaqtida "Barselona" hujumchisi Memfis Depayni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi. 

Manbaning yozishicha, "qizil iblislar" jamoani tark etgan Krishtianu Ronaldu o‘rniga sobiq futbolchisini olib kelmoqchi. Depay 2017 yil manchesterliklar sharafini himoya qilgan. "Barsa" ham forvardni qo‘yib yuborishga tayyor. U Xavining rejalariga kirmayapti. 

Niderlandiyalik hujmchi joriy mavsum La Liga klubi safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va bir golga assistentlik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!