“Manchester Yunayted” Sulsher bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 4 oktabr, 2021, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester nayted” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida katta sarf-xarajat qilganiga qaramay, Ule-Gunnar Sulsher jamoa o‘yinini sezilarli darajada kuchaytira olmayapti. Jamoa kutilganidan ko‘p ochko yo‘qotayotgani sababli matbuotda norvegiyalik mutaxassis iste’foga chiqarilishi haqida ham xabarlar ko‘paya boshladi.

Tecno

Biroq, taniqli insayder Fabritsio Romano klub Mulsherning ishida qoniqayotgani va mutaxassis ishini davom ettirishi haqida ma’lumot tarqatdi.

- Klubdagilar vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishini kutmoqda va Sulsherni lavozimidan olish rejasi yo‘q. Rahbariyat boshqa mutaxassislar bilan aloqaga chiqqani yo‘q. Ular norvegiyalik mutaxassisga ishonch bildirishda davom etmoqchi. Chunki ular jamoani yanada yuqori saviyaga olib chiqish uchun Sulsherga hali yana vaqt kerakligi biladi, - deb yozadi Fabritsio Romano.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!