“Manchester Yunayted” superfutbolchiga yangi taklif beradi

  • 15 avgust, 2021, 16:00
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoasi etakchisiga aylangan Brunu Fernandeshga muddati uzaytirilgan yangi bitim taklif qiladigan bo‘ldi.

Ayni paytda tomonlar 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Brunu Fernandesh 2020 yilning boshida “Sporting”dan transfer qilingan edi va uning amaldagi kelishuvi 2025 yilning yarmigacha davom etadi.

Portugaliyalik futbolchi Angliya kelganidan keyin “Manchester Yunayted”ning haqiqiy etakchisiga aylandi. Brunu manchesterliklar tarkibida 29 ta gol va 19ta golli pas muallifi bo‘ldi. Hali hech qaysi debyutant Angliya chempionatida Fernandeshchalik samaradorlik ko‘rsatmagan.

Xususan, Brunu yangi mavsumning ilk uchrashuvida “Lids” darvozasini ishg‘ol qilib, chempionatning dastlabki xet-trikini qayd etdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!