
“Manchester Yunayted” transfer uchun taklif jo‘natdi
“Manchester Yunayted” rahbariyati maydon markazini kuchaytirish maqsadida “Inter”da o‘z o‘rnini topa olmagan Kristian Eriksenni olib kelmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Sulsher bu pleymeyker jamoaning Angliya premer-ligasida g‘olib chiqishiga ishonmoqda va uni olishga intilyapti. Manchesterliklar Eriksenni ijaraga olish uchun “Inter”ga dastlabki taklifini yubordi. Odatga ko‘ra, dastlabki taklif milanliklar tomonidan rad etildi.
Endi “Manchester Yunayted” bu transfer borasida yangi taklif tayyorlaydi va mo‘ljallanayotgan summani ko‘taradi.
Fikrlar