
“Manchester Yunayted” uch futbolchi bilan xayrlashadi
“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida uch nafar futbolchini sotib yuborishga qaror qildi.
Bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher yangi mavsumda himoyachi Fil Jons, yarim himoyachilardan Andreas Pereyra va Jessi Lingardga imkoniyat bermoqchi emas.
Bu transferlarni tezlashtirish maqsadida klub xo‘jayinlari Lingardning narxini sezilarli darajada pasaytirdi. Iste’dodli yarim himoyachini olmoqchi bo‘lgan klub manchesterliklarga 20 million funt to‘lashi kerak bo‘ladi.
Hozircha, Lingardga “Vest Xem” xaridor bo‘lmoqda. Chunki Lingard o‘tgan mavsumda ijara asosida shu jamoa sharafini himoya qilib, ishonchli o‘yin ko‘rsatgandi. Fil Jons va Andreas Pereyra bo‘yicha manchesterliklarda aniq taklif yo‘q.
Fikrlar