"Manchester Yunayted" yana ochko yo‘qotdi

  • 12.02.2022 19:26
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APL 25-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Sautgempton" o‘yini yakuniga etdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. 

Dastlab, mankunialiklar futbolchisi Sancho hisobni ochgan bo‘lsa, 48-daqiqada Che Adams muvozanatni tikladi. Uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi. 

Ushbu durangdan so‘ng MYu ochkolari sonini 40 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular APL turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. 29 ochkoga ega "avliyolar" 10-pog‘onani band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!