
"Manchester Yunayted" yarim himoyachiga narx belgiladi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu Italiyaning nufuzli klublaridan birining e’tiborini tortdi. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, angliyalik yarim himoyachining transferiga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida, "qizil iblislar" futbolchining narxini 80 million evro deb belgilagan.
Maynu bilan "Manchester Yunayted" o‘rtasidagi shartnoma 2027 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi. Ingliz Premer-ligasining joriy mavsumida Kobbi 18 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Transfermarkt portali yarim himoyachini 55 million evroga baholamoqda.
Fikrlar