"Manchester Yunayted" yulduzi Ispaniyaga ketishi mumkin

  • 31 dekabr, 2023, 15:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolchisi Xannibal Mejbri Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Jurnalist Ekrem Qo‘ng‘irning xabar berishicha, 20 yoshli yarim himoyachiga “Sevilya” qiziqmoqda.

Tecno

Joriy mavsumda Mejbri mankunianliklar safida 9ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi. 20 yoshli yarim himoyachi 2022 yilning yozidan buyon "qizil iblislar" safida to‘p surmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.

Xannibal "Transfermarkt" portali ma’lumotiga ko‘ra,  12 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!