
“Manchester Yunayted” zo‘r futbolchiga transfer so‘rovini yubordi
“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida klubga olib kelinishi rejalashtirilayotgan “Lids” yarim himoyachisi Rafinya bo‘yicha rasmiy so‘rov yubordi.
Sulsher bu futbolchini o‘z shogirdlari orasida ko‘rishi uchun klub 35 million funt sanashiga to‘g‘ri keladi.
Rafinya hozirgi jamoasi tarkibiga 2020 yilning oktyabr oyida “Renn”dan 17 million funt evaziga ko‘chib o‘tgandi. Braziliyalik o‘yinchiga Angliya premer-ligasida o‘zini ko‘rsatish uchun bir necha oy kifoya qildi.
Bu futbolchi premer-ligada 21 ta uchrashuvd beshta gol va shuncha golli pas muallifi bo‘ldi. U raqibni aldab o‘tish borasida premer-ligada uchinchi o‘rinda bormoqda, uzoq masofadan aniq zarba berish bo‘yicha kuchli beshlikka kiradi.
Rafinyaning o‘zi ham “Lids” rahbariyatini kuchliroq klubga o‘tish istagi borligidan ogohlantirdi.
Fikrlar