“Manchester Yunayted” zudlik bilan bosh murabbiyni almashtirmoqchi

  • 18 yanvar, 2022, 20:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” jamoani boshqarib turgan Ralf Rangnik o‘rniga doimiy bosh murabbiy tayinlashga qaror qildi. Ular avval rejalashtirganidek mavsum yakunlanishini kutmaydi.

Ayni paytda klub ro‘yxatida uch nafar mutaxassis – “Ayaks”ni boshqarayotgan Erik ten Xag, PSJdan ketmoqchi bo‘lib yurgan Maurisio Pochettino va “Lester Siti”da ishlayotgan Brendan Rojers nomzodi bor.

“Manchester Yunayted” mutasaddilari yangi bosh murabbiy mavsum oxirigacha jamoani o‘ziga moslashtirishi va yozgi transferlar vaqtida o‘ziga qaysi pozitsiyalar uchun yangi o‘yinchilar kerak ekanini aniqlab olishini istayapti.

Yangi bosh murabbiy kelishi bilan Ralf Rangnik klub tizimida boshqa lavozimga o‘tishi kelishib olingan.

Avvalroq, klubning aksariyat o‘yinchilari Ralf Rangnikning bosh murabbiy sifatida ish uslubidan norozi ekani haqida ham xabarlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!