
"Manchester Yunayted"da chempionlik uchun hech qanday imkoniyat yo‘q!"
"Arsenal" klubi sobiq hujumchisi Pol Merson joriy mavsum bir necha katta transferni amalga oshirgan "Manchester Yunayted" haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, Tomas Tuxel, Yurgen Klopp yoki Pep Gvardiola "qizil iblislar"ni boshqarganida, ular Premer-ligada chempion bo‘lishi mumkin edi. Hammasi oddiy. Men dastlabki turdagi o‘yinni ko‘rishim bilan aytganman, "Manchester Yunayted"da chempionlik uchun hech qanday imkoniyat yo‘q!",-deya Merson so‘zlarini keltirmoqda "Sky Sports".
Klopp "Liverpul", Gvardiola "Manchester Siti" va Tuxel "Chelsi" boshqaruvida faoliyat olib bormoqda. Bu jamoalar mos ravishda APL kuchli uchligini band etib turibdi. Sulsher jamoasi esa, 13 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, manchesterliklar Ronaldu, Sancho, Varan kabi yulduzlar bilan o‘z tarkibini to‘ldirgandi. Klub APL so‘nggi turida "Aston Villa"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar