
“Manchester Yunayted”da osiyolik hujumchi o‘ynashi kerak!
“Manchester Yunayted”da yulduzli onlarini o‘tkazgan koreyalik Park Chji Sun o‘z hamyurti Son Xyon Min “Tottenxem”dan Ral Rangnik jamoasiga o‘tishini xohlayapti.
O‘z vaqtida, Park Chji Sun manchesterliklar bilan to‘rt bor premer-liga, uch marotaba Liga kubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan va ko‘plab osiyolik futbolchilar uchun Evropa chempionatlariga yo‘l ochib bergan.
- Son premer-ligada o‘zini ko‘rsatib ulgurdi. U “Manchester Yunayted”da ham zo‘r o‘ynay olishiga ishonchim komil. Amalga oshmasligi aniq bo‘lgan bir fakt bor xolos. U ham bo‘lsa, Son “Yunayted”da o‘zi uchun sevimli bo‘lgan 7-raqamni ololmaydi. Chunki uning egasi Ronaldu, - dedi koreyalik futbolchi.
Fikrlar