“Manchester Yunayted”ga chempionlar yulduzi kerak

  • 29 may, 2021, 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” kelasi mavsumda Angliya chempionligi uchun kurashishni maqsad qilgan holda tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirishni rejalashtirgan.

Ule-Gunnar Sulsher anchadan beri “Atletiko” etakchisi Saul Nigesga xaridor bo‘lmoqda.

26 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi ishonchli o‘yinlari orqali “Atletiko”ning Ispaniya chempioni bo‘lishiga juda katta hissa qo‘shdi. Chempionlikni zabt etgan futbolchining o‘zi ham endi kuchini boshqa chempionatda sinab ko‘rishga qaror qilgan.

Bir yil muqaddam Saulning transfer summasi 129 million funtga baholangandi. Hozir esa, uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klub 43 million funt miqdorida badal to‘lasa kifoya. Nigesning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!