"Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yin oldidan Xavida muammo paydo bo‘ldi

  • 29 yanvar, 2023, 13:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" vingeri Usmon Dembele 16 fevral kungi "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. 

Tecno

Kataloniyaliklar futbolchisi La Liga doirasidagi "Jirona"ga qarshi o‘yinda chap sonidan jarohat olgandi. 

"Marca" nashrining xabariga ko‘ra, dastlabki tekshiruvlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, Usmonning tiklanishi uchun 3-4 hafta kerak bo‘ladi. Shu sababli, frantsuz Evropa Ligasi pley-off bosqichidan o‘rin olgan "MYu"ga qarshi ilk uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. 

25 yoshli Dembele joriy mavsum La Ligada 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!