
"Manchester Yunayted"ga yana bir xaridor chiqdi
Buyuk Britaniyaning eng badavlat kishilaridan biri "Manchester Yunayted"ni sotib olish taklifi bilan chiqdi.
"INEOS" neft kompaniyasi egasi Jim Ratkliff klubni sotib olish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi, deya yozadi "Daily Mail" nashri. U "qizil iblislar"ni xarid qilishda qatarlik shayx Jasim bin Jobir Al-Tani bilan bellashadi.
Ratkliffning boyligi 13,3 milliard funtga baholangan. Uning "INEOS" kompaniyasi allaqachon Frantsiyaning Nitstsa shahriga egalik qiladi.
Ma’lumot uchun, "Manchester Yunayted" 2005 yildan beri Gleyzerlar oilasiga tegishli sanaladi.
Fikrlar