“Manchester Yunayted”ga yangi etakchi kerak

  • 30 iyun, 2021, 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar davrida “Bavariya” etakchilaridan biri Leon Goretskani xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. Yangi bitim masalasida tomonlar bir to‘xtamga kelganicha yo‘q.

Manchesterliklar 26 yoshli futbolchini “Bavariya” bilan shartnomani yangilamaslikka undamoqda va yuqori maoshli kelishuv taklif qilishini bildiryapti.

Ule-Gunnar Sulsher Goretskani jamoadan ketib qolish ehtimoli katta bo‘lgan Pol Pogbaga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!