"Manchester Yunayted"ni qabul qilib olgan Rangnik Ronaldu va olti nafar yulduzdan voz kechdi!

  • 2 dekabr, 2021, 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ni qabul qilib olgan Ralf Rangnik jamoani qayta qurishini ma’lum qildi.

The Sun nashrining xabar berishicha, etti nafar futbolchi jamoa bilan xayrlashadi. Manba tarqatgan m’lumotga qaraganda, Krishtianu Ronaldu, Edinson Kavani va Nemanya Matich yangi bosh murabbiy rejalariga kirmaydi.

Pol Pogba va David de Xeaning ketishiga ham ruxsat berilishi kutilmoqda.

Angliya terma jamoasi o‘yinchilari – Markus Reshford va Lyuk Shou yangi shartnoma shartlariga ko‘nmasa, ular bilan hamkorlik to‘xtatiladi.

Germaniyalik murabbiy jamoaga asosiy yulduz sifatida Erling Xolandni olib kelmoqchi. Shuningdek, uning ro‘yxatida “Chelsi”da ishlari yurishmayotgan Timo Verner va “Leyptsig” yarim himoyachisi Amadu Aydara ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!