"Manchester Yunayted"ning 2024 yil uchun rejalari: Jamoani kimlar tark etmoqda?

  • 11 dekabr, 2023, 21:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Garchi APLdagi ishlari unchalik yomon bo‘lmasa-da, EChLda Evropa ligasiga tushib ketish, hatto guruhda 4-o‘rinda qolishi mumkin bo‘lgan "Manchester Yunayted" uchun 2024 yil juda muhim sanaladi. Sababi, Ten Xag klubni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomini bizga ma’lum qilayotgandek. U yaxshigina "tozalash ishlari"ni olib bormoqchi. Shuningdek, tez orada jamoaga yangi sport direktor tayinlanadi. Biz esa kelasi yilda "Manchester Yunayted"dan ketishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishib chiqamiz.

Jeydon Sancho

Sanchoning kelajagi deyarli aniq, u qishda 100 foiz MYuni tark etadi, Hozircha uning keyingi manzili aniq bo‘lmasa-da, bir qancha klublar bilan muzokaralar olib borilayotgani borasida mish-mishlar mavjud. Xususan "Yuventus" uni qo‘lga kiritishga harakat qilayotganlardan, turinliklar angliyalikni ijaraga olishi mumkin. Shuningdek, bir nechta Saudiya klublari ham vingerni o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi. So‘nggi qarorni baribir Sanchoning o‘zi qabul qiladi, hozircha u jim. "Yuventus" ham futbolchining javobini kutmoqda, agarda u faoliyatini Italiyada davom ettirishga rozi bo‘lsa, "keksa sinora" harakatini boshlaydi. Kurashda yana bir favorit klub bu "Borussiya". Hozircha jiddiy muzokaralar bo‘layotgani yo‘q.  Shu bilan birga, Ispaniyaning ayrim nashrlari "Barselona"dan bo‘layotgan qiziqishlar haqida yozmoqda.

O‘zi umuman olganda Sancho haqidagi insaydlar kelasi haftalarda yangilanishi kutilmoqda, chunki tez orada transferlar oynasi ochiladi va u o‘ziga boshqa klub topishi kerak. "Manchester Yunayted" umuman Jeydonni ketishiga qarishi emas. O‘zi Sancho yozda qizil iblislar safini tark etishi ham mumkin edi, chunki Ten Hag mavsum boshidayoq unga ishonch bildirmasligini ma’lum qilgan, lekin rahbariyat murabbiydan vingerga yana bir imkoniyat berishini so‘ragan. Oxir -oqibat barchasi yaxshilik bilan tugagani yo‘q va Sancho g‘alati tarzda MYudan ketmoqda.

Borussia Dortmund want Jadon Sancho back! Bundesliga giants plotting  sensational swap deal for Man Utd outcast involving forward Donyell Malen |  Goal.com South Africa

Antoni Marsiyal

2015 yilda "Manchester Yunayted" tarkibiga kelib qo‘shilgan Antoni Marsiyal bilan xayrlashish vaqti keldi. Faoliyati davomida, ayniqsa so‘nggi yillarda asosiy tarkib uchun kurashda yutqazib qo‘yayotgan hujumchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. U agarda qishda ketmagan taqdirda ham yozda erkin agent sifatida jamoani tark etish ehtimoli juda yuqori. Yanvarda ham frantsuzga yaxshi taklif kelsa, u klubdan ketishi mumkin. Insayder David Ornshteyn ham futbolchi bilan shartnoma yangilanmasligini ta’kidlab o‘tdi. O‘zi bitimni yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor edi. Hozircha Marsiyalning keyingi manzili borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Antoni Martial pokinet «Manchester Yunayted» letom (22 oktyabrya 2023 g.) —  Dinamo Kiev ot Shurika

Donni van de Bek

Premer-ligadagi faoliyati o‘ta omadsiz bo‘lgan yarim himoyachi ham ketish niyatida. Ten Hag jamoani qabul qilib olganidan keyin uning yana ochilib ketishiga umid bor edi, lekin sobiq ustoz ham Donniga ko‘p ishonch bildirgani yo‘q. Kamiga bu mavsum van De Bek uzoq muddatga safdan chiqishga ulgurdi. Bu esa futbolchining MYudan ketishini tezlashtirib yuborishi mumkin, ya’ni niderland qishki transferlar oynasidayoq boshqa jamoaga ko‘chib o‘tish ehtimoli yo‘q emas. Hozircha tilga olinayotgan klublar orasida "Yuventus" favorit bo‘lib turibdi, chunki italiyaliklar qishda yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi. Shu bilan birgalikda, "Galatasaroy", "Real Sosedad" ham unga qiziqish bildirayotganligi borasida xabarlar mavjud.

Man Utd midfielder Donny van de Beek in talks with two clubs over loan move  before transfer window closes | Goal.com UK

Kazemiro

Agarda mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, Kazemiro kelasi yozda Saudiyaga ko‘chib o‘tadi. Qishda katta taklif tushsa, o‘ylab ko‘rishi ham mumkin. Uni "Bavariya" o‘z safiga qo‘shib olishi borasida ham xabarlar tarqalgandi, lekin "Sky Sports" nashri buni rad qilib, myunxenliklar unga qiziqish bildirmayotganligini ta’kidladi. Xullas ushbu mavsum Kazemiro uchun so‘nggisi bo‘ladi, klub esa bu transferda 50 million evro ishlab olishni maqsad qilgan. Kazemirodan tashqari yana bir sobiq "Real" futbolchisi ham Manchester shahridan ketmoqchi.

Manchester United receive devastating Casemiro injury update | The  Independent

Rafael Varan

Bir necha hafta oldin "Manchester derbisi"da Varan zaxirada qoldirildi. Bu esa himoyachiga yoqmagan. Muhim o‘yinda jamoasi yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrayotganini shunchaki tomosha qilib o‘tirishdan jahli chiqqan Rafaelning Ten Hag bilan ham munosabatlari yomonlashgani aytilmoqda. Eng qizig‘i u qishning o‘zida ketishi mumkin, lekin hali hech qaysi jamoa MYuga taklif bilan chiqqani yo‘q. Ammo "Bavariya" unga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Nemislar mavsum yarmida bitta himoyachi sotib olishni istayapti. Variantlar ko‘p va shular orasida frantsiyalik futbolchi ham bor. Keyingi kunlarda rahbariyat qaysi o‘yinchi bilan shartnoma imzolashini hal qilib olib, shunga qarab taklif tayyorlaydi. Ayrim manbalar esa Varanni mavsum yakunigacha jamoada qoladi, deya xabar bermoqda.

Revealed: Raphael Varane's stance on losing Man Utd place as Erik ten Hag  continues to overlook World Cup-winning defender | Goal.com

"Manchester Yunayted"da katta "tozalash ishlari" boshlangani ko‘rinib turibdi. Yangi transferlar ham ketayotganlarga bog‘liq. "Qizil iblislar"ning eng asosiy maqsadi bitta hujumchi va bitta markaziy himoyachi sotib olishdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. 13
12/12/2023 00:40
Аббосбек Ф. ни сотиб олишни маслахат берган булардим Тен Хагга хозир шундай футболчи МЮга жуда керак , бу мани фикрим .
. 13
12/12/2023 00:38
Бу уйинчилар кетса нима кучли булиб кетарканми Мю , курдикку ёзда сотиб олган футболчиларини тен хаг Топ Муррабий эмас , Манимча Зидан ёки Аллегри таклиф этилса максадга мувофик буларди.