"Manchester Yunayted"ning ertangi o‘yini o‘tkazilmasligi mumkin
"Manchester Yunayted"da koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yakshanba kuni ertalab topshirilgan test natijalariga ko‘ra, bir qancha o‘yinchilar hamda ishchilarda musbat natija qayd etilgan va ular uylariga jo‘natib yuborilgan.
Asosiy o‘yinchilarda virus aniqlanmaganiga qaramasdan, ertaga "Brentford" bilan bo‘ladigan uchrashuv o‘tkazilishi aniq emas. Hozirda mashg‘ulotlar iloji boricha ochiq havoda, masofa saqlagan holda o‘tkaziloqda.
Ma’lumot uchun, MYu APLda 16ta uchrashuv o‘tkazib, 27 ochko bilan 5 o‘rinda turibdi. "Brentford" esa 20 ochko bilan 10 o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar