
“Manchester Yunayted”ning super transferi barbod bo‘ldi
Uzoq davom etgan muzokaralar besamar ketdi va Jeydon Sanchoning “Manchester Yunayted”ga transferi amalga oshmaydigan bo‘ldi.
“Borussiya” Sanchoni transfer qilishni istagan jamoalar uchun 10 avgustgacha muddat belgilagan edi. Bu vaqt ichida futbolchiga asosiy da’vogar bo‘lgan manchesterliklar Bundesliga vakili bilan kelishuvga erisha olmadi.
MYu futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan edi. Lekin “Borussiya”ni 120 million evrolik summani pasaytirishga yoki bu mablag‘ni bir necha yil davomida bo‘lib to‘lashga ko‘ndira olmadi.
Sanchoning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi. Yakunlangan mavsumda yarim himoyachi Bundesligada 32 ta o‘yinda 17 ta gol urdi va 16 ta assistni amalga oshirdi.
Fikrlar