"Manchester Yunayted"ning XXI asrdagi eng yaxshi futbolchisi Ronaldu bo‘lib chiqmadi

  • 2 oktabr, 2024, 18:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nufuzli Goal portali "Manchester Yunayted"ning XXI asrdagi eng yaxshi futbolchilari reytingini e’lon qildi.

Ushbu reytingda birinchi o‘rinda hujumchi Ueyn Runi joylashgan. 2004 yildan 2017 yilgacha “qizil iblislar” safida to‘p surgan Runi 559 o‘yinda 253 ta gol urgan. Ikkinchi o‘rinni "Manchester Yunayted"da superyulduz maqomiga erishgan Krishtianu Ronaldu egalladi. Kuchli uchlikni serbiyalik himoyachi Nemanya Vidich yakunlab berdi.

Kuchli o‘ntalikdan esa Rud van Nistelroy, Pol Skoulz, Rio Ferdinand, Rayan Giggz, Devid Bekxem, Roy Kin va Patris Evra joy oldi.

«Manchester Yunayted» hozirda APL turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!