Manchesterdan 12 futbolchi ketadi
Angliya Premier-ligasidagi mavqeini tiklab borayotgan “Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan tarkibini isloh qilishga bel bog‘ladi. Klub tarkibni optimallashtirishning navbatdagi bosqichini boshladi.
Manchesterliklar rahbariyati uzoq muddatli rejalarga kirmaydigan futbolchilardan halos bo‘lib, maoshlar byudjetiga yengillik kiritishni maqsad qilgan.
Yozda jamoani erkin agent sifatida Kazemiro tark etadi va klub bu bilan cheklanmaydi. Transfer News Live’ va Express kabi manbalarning xabar berishicha, “Manchester Yunayted” mutasaddilari yozgi transferlar oynasi davrida Markus Reşford, Rasmus Hyölyunn, Jeydon Sancho, Tirell Malasiya, Andre Onana, Altay Bayindir, Radek Vitek, Manuel Ugarte, Tayler Fredrikson, Tobi Kollayer va Den Gor bilan ham xayrlashishga qaror qilgan.
Ta’kidlash joizki, bu o‘yinchilar orasida bir nechtasi mavsumni ijarа asosida boshqa klublarda o‘tkazyapti va yozda kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelish talab etiladi.
Ayni paytda Angliya Premier-ligasida uchinchi o‘rinni egallab turgan “Manchester Yunayted” kelasi mavsum Yevropa Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqchi. Klub tarkibdan tashqari jamoani boshqaradigan bosh murabbiy malasini ham hal etishi kerak.

Fikrlar