Manchesterga ketmoqchi bo‘lgan to‘purar jamoasi bilan urishib qoldi
“Sporting” to‘purari Viktor Dyokeresh Evropaning eng qudratli klublari orasida talash bo‘lyapti. “Manchester Yunayted” futbolchi bilan doimiy aloqani ushlab turibdi va uni o‘z safiga chorlayapti.
Record nashrining yozishicha, shved hujumchisi agar klub uning ketishiga to‘sqinlik qilsa, boshqa maydonga tushmasligini uqtirdi.
Gap shundaki, Dyokeresh o‘tgan yili yozda ham transfer nishoniga aylangan edi. Biroq klub uning transferiga belgilangan 100 million evrolik badal pulini pasaytirishi sharti bilan jamoada bir yil o‘ynab berishga rozi bo‘lgandi.
Endi “Sporting” xo‘jayinlari mavsumda to‘purarlik mahoratini yana bir bor namoyish qilgan hujumchini imkon qadar qimmatroq pullashga harakat qilayotgani Dyokereshga yoqmayapti.
Sport1 nashri jurnalisti Kristofer Mixel Dyokeresh garchi “Manchester Yunayted” kelasi mavsum Evrokuboklarga ishtirok etmasa ham, taqdirini bu jamoa bilan bog‘lashni istayotganini yozdi.
Fikrlar