
Manchesterliklar “Real” kutayotgan yulduz bilan muzokara boshladi
“Real” kelasi yozda “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallagan.
Biroq “Manchester Siti” madridliklarning rejasini buzishi mumkin.
Caught Offside nashrining yozishicha, “shaharliklar” 26 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqmoqda. Ular Trent jamoaning 34 yoshli himoyachisi Kayl Uokerga munosib o‘rinbosar bo‘ladi, degan fikrni ilgari suryapti.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” mutasaddilari Trentning agentlari bilan bog‘langan va hamkorlik bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan.
“Liverpul” bilan yozda shartnomasi tugaydigan o‘yinchiga “Barselona” ham ko‘z tikmoqda. Mersisaydliklar ham o‘z tarbiyalanuvchisi bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha kelishishga urinyapti. Biroq Trent ularning taklifini qabul qilgani yo‘q.
Fikrlar