Manchesterliklar “Real” yulduzini kutyapti

  • 20 fevral, 2023, 22:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yarim himoyachisi Marko Asensio faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega.

Tecno

27 yoshli futbolchining madridliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Todofichajes nashrining ta’kidlashicha, tajribali o‘yinchini “Manchester Yunayted” o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Asensioga manchesterliklardan tashqari, PSJ mutasaddilari ham qiziqish bildirayotganini yashirayotgani yo‘q.

Marko “Real”da 2015 yildan beri to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda 16 marotaba maydonga tushib, uchtadan gol va assist muallifi bo‘lgan o‘yinchining transferi 25 million evroga baholangan. Uni yozda erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!