Mane Evropaning boshqa super klubiga o‘tishi mumkin

  • 10 may, 2022, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" "Liverpul" hujumchisi Sadio Manega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sky Sport Deutschland nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, nemis grandi yozgi transferlar davrida senegallik futbolchini sotib olmoqchi. “Bavariya”ning sport direktori Xasan Salihamijich hujumchining agenti bilan allaqachon uchrashgan. Myunxenliklar Maneni arzonroq summaga qo‘lga kiritishga umid qilishmoqda, chunki uning "Liverpul" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi.

30 yoshli Mane joriy mavsum “Liverpul” safida barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!