
Mane, Marselo, Eriksen va Gyundogan EChLning hafta futbolchisi nomiga da’vogarlik qilmoqda
Xabaringiz bor joriy hafta UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final bosqich dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Bugun tashkilot rasmiy sayti musobaqaning hafta futbolchisiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra “Real” yarim himoyachisi Marselo, “Tottenxem” yarim himoyachisi Kristian Eriksen, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan hamda “Liverpul” forvardi Sadio Manelar ushbu nomga da’vogarlik qilishmoqda.
Ovoz berish jarayoni UEFA rasmiy saytida davom etmoqda.
Fikrlar