
Maqsad – Ronaldu va Messini bir ligada o‘ynatish!
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi bosh kotibi Ibrohim Al-Qosim PSJ hujumchisi Lionel Messining Saudiya ligasiga olib kelish haqida gapirdi.
- Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi milliy chempionatga Lionel Messini olib kelinishini istaydi. Biroq, hozir buning imkoni bor-yo‘g‘ligini bilmaymiz.
Federatsiyasining maqsadi milliy futbolni rivojlantirish va tabiiyki, biz Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini yana bir ligada o‘ynashini ko‘rmoqchimiz, - dedi Ibrohim Al-Qosim.
Ma’lumki, Krishtianu Ronaldu jahon chempionatidan keyin “An-Nasr” bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Saudiya Arabistoni klublari shundan keyin Lionel Messiga katta daromadli taklif bilan aloqaga chiqishda davom etmoqda.
Fikrlar