
Mariya Sharapova yana jarohat olganga o‘xshaydi
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Shenchjen shahrida o‘tayotgan musobaqaning chorak finalida kortga chiqdi.
Belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi o‘tgan o‘yinni Mariya oxiriga etkaza olmadi. O‘yinda hisob 6:1, 4:2 bo‘lib turgan bir vaziyatda Sharapova chap oyog‘ining son qismidagi og‘riq tufayli bahsni davom ettira olmasligini e’lon qildi.
Shu tariqa "Shenzhen Open" turnirining yarim finalida Sobolenko ruminiyalik Monika Nikulesku, yoki xitoylik Van Yafanga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar