
Markaziy jangi Kris Vaydman hamda Dominik Reyes o‘rtasida bo‘ladigan UFC on ESPN 6 turniri juftliklari bilan tanishing
Ertaga, AQShning Boston shahrida UFC on ESPN 6 turniri bo‘lib o‘tadi.
Kechaning markaziy jangida o‘rta vazn toifasida UFCning sobiq chempioni Kris Vaydman (14-4) yarim og‘ir vazn toifasida debyut jangini Dominik Reyesga(11-0) qarshi o‘tkazadi.
Mazkur turnirda yana bir qator janglar bo‘lib o‘tadi. Quyida ushbu juftliklarni e’tiboringizga havola etamiz:
Yair Rodriges - Jeremi Stivens
Greg Xardi - Ben Sosoli
Jo Lozan - Jonatan Pirs
Meysi Barber - Jilian Robertson
Darren Styuart - Deron Vinn
Menni Bermudes - Charlz Rosa
Diana Belbita) - Molli MakKann
Kayl Bochniak - Shon Vudson
Rendi Kosta - Boston Selmon
Shon Bredi - Kurt MakGi
Brendan Allen - Kevin Xolland
Tanner Boser - Daniel Shpitts
Asosiy janglar Toshkent vaqti bilan 06:00 da boshlanadi.
Fikrlar