
“Markaziy Osiyo Olimpiya umidlari“ haftaligi boshlandi
Namangan shahridagi “Barkamol avlod“ sport saroyida stol tennisi bo‘yicha “Markaziy Osiyo Olimpiya umidlari“ haftaligi o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda Osiyo stol tennisi federatsiyasining 2019 yildagi “ITTF ASIA DEVELOPMENT PROGRAM” nizomi bo‘yicha o‘tkazilayotgan haftalikda 10 yoshdan katta bo‘lgan sportchilar xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.
Haftalikning ilk kunida O‘zbekiston, Eron va Markaziy Osiyo davlatlarining terma jamoalari o‘zaro nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazdi.
– Nafaqat O‘zbekiston balki Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ilk marotaba o‘tkazilayotgan mazkur haftalik davomida terma jamoalar tajribali mutaxassislardan stol tennisining sir-asrorlarini o‘rganadilar, – deydi O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi S.Mahmudova. – Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan ko‘zlagan asosiy maqsad, yosh sportchilarni nufuzli musobaqalarga tayyorlash, mamlakatimiz sport salohiyatini dunyoga namoyish etishdir.
Fikrlar