Markaziy o‘yin oldidan Zidan nimalar dedi?
Chempionlar Ligasi 3-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda "Real" o‘z maydonida "Inter"ni qabul qiladi. Ushbu bahs oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Barcha futbolchilar tarixga kirishni istaydi. Shubhasiz, Azar, Benzema, Asensio uchligi katta yutuqlarga erishishga loyiq. Men vaqtimni futbolchilarim bilan o‘tkazishni yaxshi ko‘raman. Har bir o‘yin final, bizni ertaga yana bir final kutib turibdi. Shuning uchun, bor e’tiborimizni 3 ochko olishga qaratamiz.
Biz doim Chempionlar Ligasini yutishga intilamiz. Bu barcha shogirdlarimning yodidan ko‘tarilmasligiga shubha qilmayman. Qiyin bo‘ladi, lekin biz kurashishimiz lozim. Futbol tobora tenglashib bormoqda. Endi kuchsiz jamoalar yo‘q. Bugungi futbolda istalgan jamoa g‘alaba qozonishi mumkin".



Fikrlar