
Markaziy uchrashuvda "Napoli" "Yuventus"ni yanchib tashladi
Italiya A Seriyasinig 18-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Yuventus" uchrashuvi yakunlandi. O‘yin davomida neapolliklar ustunlikka ega bo‘ldi va yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 14-daqiqada Osimxen gol urib hisobni ochdi. Kvaratsxeliya esa oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Bo‘lim so‘ngida Di Mariya hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi. Ikkinchi taymda esa mezbonlar yana 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, "Napoli" turnir jadvalida 1-o‘ringa mustaxkam o‘rnashib oldi. "Yuventus" esa 3-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar