
Markizio yana "Yuventus"ga qaytishi mumkin
Bundan avvalroq italiyalik mashhur yarim himoyachi Klaudio Markizio “Zenit”dan ketgani haqida xabar bergan edik.
Tuttosport nashrining yozishicha 33 yoshli futbolchi yana "Yuventus"ga qaytishi mumkin. Biroq, turinliklar safidagi kuchli raqobat sabab Markizio yana zaxira o‘rindig‘ida qolib ketishni istamasa, boshqa jamoaga o‘tishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Markizio 2006-2018 yillarda “Yuventus” safida to‘p surgan.
Fikrlar