Markizio "Yuventus"ga Pogbani ortga qaytarishni maslahat bermoqda
"Yuventus" klubi sobiq futbolchisi Klaudio Markizio turinliklar "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbani yana jamoaga qaytarishlari kerak deb hisoblaydi.
“Turinliklarga maydon markazi va hujumda yordam beradigan futbolchi etishmayapti deb hisoblayman. “Yuventus”ni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida eng munosibi Pol Pogba. U ularni yanada kuchliroq qilgan bo‘lardi”, - deydi Markizio.
Ma’lumot uchun, Pogba 2012-2016 yillarda “Yuventus” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar